O'quv markazi uchun kerak bo'ladigan hamma narsa

Lid kelganidan bitiruvgacha: guruhlar, dars jadvali, davomat, to'lovlar, ish haqi va onlayn materiallar — hammasi bir joyda va bir-biriga bog'langan holda.

Lidlar va savdo

Bosqichlar doskasi, manbalar, yo'qotish sabablari, qayta aloqa navbati va sinov darslari. Lid o'quvchiga bir bosishda aylanadi.

O'quvchilar

Kartochka, vasiylar, davomat tarixi, imtihon natijalari, balans va hujjatlar. Fayldan ommaviy import ham bor.

Guruhlar va jadval

Dars shablonidan jadval avtomatik chiziladi, xona va o'qituvchi to'qnashuvi darrov aniqlanadi.

Davomat

Dars jurnali bir ekranda; yo'q deb belgilangan o'quvchining ota-onasiga xabar o'zi ketadi.

To'lovlar va qarzdorlik

Hisob-fakturalar, qisman to'lovlar, chek (PDF), qarzdorlar ro'yxati va to'lov va'dalari.

Kassa va smenalar

Smena ochish, naqd kirim-chiqim, kun oxirida sanash va Z-hisobot. Farqni tizim o'zi hisoblaydi.

Ish haqi

Belgilangan maosh, dars uchun yoki yig'ilgan puldan foiz. Bonus va jarima bilan, davr yopilgach to'lov.

Onlayn materiallar

Modul, dars, uy vazifasi va avtomatik baholanadigan test. O'qituvchi uchun baholash navbati.

Imtihonlar

Guruh imtihonlari, natijalar jurnali, o'rtacha ball va o'tish foizi. Yakunlangach natijalar qulflanadi.

Hisobot va tahlil

Tushum, kutilgan va yig'ilgan pul, qarz yoshi, xarajatlar, konversiya. Hammasini Excel'ga yuklash mumkin.

Filiallar

Bir necha filial, xonalar va menejerlar. Filial menejeri faqat o'z filialini ko'radi.

Rollar va ruxsatlar

Kassir, resepshn, o'qituvchi, hisobchi, filial menejeri — har biriga o'z ekranlari.

Qanday ishlaydi

Bitta o'quvchining yo'li — bitta tizimda

Har qadam keyingisini o'zi tayyorlaydi: qo'lda ko'chirib yozish va Excel fayllar orasida yugurish kerak emas.

  1. 1

    Lid keladi

    Sayt formasi, telefon yoki qo'lda kiritish. Menejer biriktiriladi, qayta aloqa eslatmasi qo'yiladi.

  2. 2

    Sinov darsi

    Sana belgilanadi, o'quvchiga eslatma ketadi, natija (keldi/kelmadi) qayd etiladi.

  3. 3

    Guruhga yoziladi

    Joy band qilinadi; guruh to'la bo'lsa navbatga tushadi. Lid o'quvchiga aylanadi.

  4. 4

    Hisob o'zi chiqadi

    Yozilish bilan birga hisob-faktura tug'iladi, keyin har oy avtomatik takrorlanadi.

  5. 5

    Darslar o'tadi

    Jadval shablondan chiziladi, o'qituvchi davomat belgilaydi, o'zgarishlarda xabar ketadi.

  6. 6

    Natija ko'rinadi

    Imtihon, uy vazifasi va progress; oy oxirida esa tushum, qarz va ish haqi hisoboti.

Ulanishlar

Kerakli joyda tashqi xizmatlar bilan

Faqat ishlayotgan ulanishlar ko'rsatilgan — rejadagilari emas.

SMS xabarnoma

Eskiz orqali: to'lov cheki, qarz eslatmasi, dars o'zgarishi va guruh e'lonlari.

Onlayn to'lov

Click va Payme uchun to'lov buyurtmasi; to'lov tasdiqlanishi bilan hisob o'zi yopiladi.

Excel eksport

Moliya hisobotlari, baholar jurnali va test natijalari — `.xlsx` ko'rinishida.

Video va fayllar

Dars videosi va topshiriq fayllari; yuklash to'g'ridan-to'g'ri omborga ketadi.

Boshlash

Markazingizni oching

Arizani to'ldiring — bog'lanamiz, manzilingizni sozlaymiz va tizimni ko'rsatamiz.

.crm.uz

Markazingiz shu manzilda ochiladi. Faqat lotin harflari va raqamlar.

Yuborish bilan siz biz bilan bog'lanishimizga rozilik bildirasiz.

+998 78 777 77 07